Sohaga oid maqolalar

Foydali tavsiyalar…

Maqolamizning so‘ngida shu soha mutaxassislari tavsiya etilgan   bavosil xastaligining oldini olish va uni davolash chora-tadbirlarini eslatib o‘tamiz: ( Quyidagi tavsiyalar tib.islom.uz tomonidan chop etilgan )
1. Sog‘lom hayot, meyorida mehnat qilish va ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, to‘g‘ri dam olish, achchiq va sho‘r taomlarga, spirtli ichimliklarga, tamaki, nos chekishlarga va boshqalarga ruju qo‘ymaslik va, ayniqsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish bavosil va ko‘pg‘ina kasalliklarning oldini oladigan omillardandir. Chunki kasallikni davolashdan uning oldini olish ming marta afzaldir.
2. Bavosilning oldini olish asosan qabziyat, ya’ni ich qotishga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim hisoblanadi. Chunki yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakda uzoq vaqt to‘planib qolgan va qattiklashgan najas yoki axlat toshi ichak devorining tomirini siqadi, shilliq qavatni tirnaydi, jarohatlayli. Shu boisdan qabziyat har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichaklarni o‘z vaqtida bo‘shatib turish katta ahamiyatga ega.
3. Odatda hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigi sohasini iliq suv bilan yuvishga yoshlikdan odatlanish kerak.
4. Kishi o‘zining ichi ravon bo‘lishi uchun meva va sabzavotlar, kepakli non, sut-qatiqli ovqatlar, o‘simlik moyi, o‘rik va anjir qoqilari, mayiz, ko‘kat va ziravorlardan muntazam ravishda iste’mol qilish kerak. Lekin murchli, qalampirli, sirkali ovkatlar, xom piyoz, sarimsoq piyoz, turp ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar ekanligini ham esda tutishimiz kerak.

13-06-2022, 16:36
Ko'rishlar: 50
Sahifani chop etish